AsosiySport

Taekvondochilarimiz «Korea Open»da 22ta medal qo`lga kiritishdi

'Taekvondochilarimiz «Korea Open»da 22ta medal qo`lga kiritishdi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning Jeju shahrida takevondo WTF bo`yicha «Korea Open» musobaqasi nihoyasiga etdi. Unda O`zbekistondan 30 nafar sportchi ishtirok etayotganligi haqida xabar bergandik. Bugun ushbu reyting musobaqasi nihoyasiga etdi. Qayd etib o`tish lozimki, turli yosh toifasida o`tkazilgan bahslar sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Unga ko`ra, o`zbekistonlik taekvondochilar musobaqa davomida 22ta medal (10ta oltin, 6ta kumush va 6ta bronza)ga egalik qilishdi.

Sovrindor sportchilarimiz ro`yxati esa quyidagicha ko`rinish oldi:

Oltin:

Nurlan Boydxo`jaev
Zafarbek Karimov
Shahzod Jo`raev
Ulug`bek Rashitov
Jasurbek Jaysunov
Najmiddin Qosimhojiev
Fariz Mahmudi
Gulhumor Sodiqova
Mohinabonu Ahadova
Saidmurodxo`ja Toxirxo`jaev

Kumush:

Amir Boturov
Aziz Arziev
Islom Rajabov
Jahongir Xudoyberganov
Muhammadroshad Akramov
Oyatullox Akramov

Bronza:

Dinora Mamadibragimova
Amir To`raev
Abdulaziz Hamidullaev
Ibrohim Nigmanov
Muhammadalixon Muxtorxonov
Madinabonu Mannopova

MOQ xabariga ko`ra, sportchilarimiz ertaga, 25 iyul kuni Seuldan Toshkentga qaytib keladilar.

    Boshqa yangiliklar