1

Blatter sentyabr oxirida FIFA prezidentligiga nomzodini qo`yish yoki qo`ymasligini e`lon qiladi

Sport 08.09.2014, 16:11
Blatter sentyabr oxirida FIFA prezidentligiga nomzodini qo`yish yoki qo`ymasligini e`lon qiladi

FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatter sentyabr oxirida bo`lib o`tadigan FIFA qo`mitasi yig`ilishida navbatdagi saylovlarda o`z nomzodini qo`yish yoki qo`ymasligini e`lon qiladi.

Saylovlar 2015 yilning may oyida Syurixda bo`lib o`tadi. 78 yoshli Blatter 1988 yildan beri FIFA prezidenti lavozimini egallab turibdi. Avvalroq, UEFA prezidenti Mishel Platini prezidentlikka o`z nomzodini ilgari surmasligi ma`lum qildi.

“San-Pauludagi kongressda meni FIFA a`zolari va delegasiyalar qo`llab-quvvatlashdi. Mendan FIFA prezidenti bo`lib qolishimni so`rashmoqda, deb eshitdim, bu men uchun juda ham muhim. Saylovda qatnashish yoki qatnashmasligim haqidagi qarorimni FIFA ijro qo`mitasining yig`ilishi kunlari – 25-26 sentyabr kunlari e`lon qilaman”,-dedi Blatter.

“Ha, men tayyorman. Men nomzod bo`laman”,-deya qo`shib o`tdi FIFAning amaldagi prezidenti. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1