1

Hindiston maktablariga baxt darsi kiritildi

Dunyo 25.07.2018, 17:07
Hindiston maktablariga baxt darsi kiritildi

Dehlidagi maktablarga baxt darsi joriy qilindi, deb yozmoqda muslim.uz nashri. Ta`lim vaziri o`rinbosari Manisha Sisolining ta`kidlashicha, baxt darsi ming yillar davomida o`tib kelingan. Dars 30-45 daqiqa davom etadi.

Dars qoidasiga ko`ra, o`quvchilar yoshiga qarab guruhlarga bo`linadi: bitta guruhda maktabgacha ta`lim yoshidigilardan tortib ikkinchi sinfgacha bo`lgan o`quvchilar; ikkinchi guruhda uchinchi sinfdan boshlab beshinchi sinfgacha bo`lgan o`quvchilar va uchinchi guruhga 6-sinfdan 8-sinfgacha bo`lgan o`quvchilar kiradi.

O`quvchilarning darsni qanchalik o`zlashtirgani baholanmaydi, chunki bu darsda test va uy vazifalari bo`lmaydi. Darsning maqsadi – o`quvchilarning ongini, hushyorligini oshirish, salbiy fikrlardan yiroq bo`lishga yordam etish, muomalani o`rgatish, siqilishlarni bartaraf etishdan; talabalarda esa o`zini har qanday vaziyatda qo`lga ola bilish, turli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qila olish va botinidagi quvvatni ishga solishni o`rgatishdan iborat.

Baxt darsi bolalarda ruhiy tushkunlikka tushib qolish, siqilishlarga barham berish va bezovtalanishning oldini oladi. Darsning faoliyat yo`nalishi o`z qadrini his qilishni, fikrini tiniq ifoda etish va ruhiy tarbiyani o`zida mujassam etadi.

Darsning samaradorligini Dehli hukumati qoshida tashkil etilgan 200 o`qituvchidan iborat komissiya kuzatib boradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Hindiston o`smirlarining to`rtdan bir qismi 13 dan 15 yoshgacha kuchli depressiyani boshdan kechiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1