1

Gitarachi muxlisaning yuziga pivo puflab yubordi

Dunyo 26.07.2018, 07:12
Gitarachi muxlisaning yuziga pivo puflab yubordi

Amerikaning Every Time I Die guruhi gitarachisi Jordan Bakli (Jordan Buckley) konsert paytida muxlisalardan birining yuziga og`zidagi pivoni puflab yuboradi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Shundan so`ng gitarachi doimiy ravishda muxlisadan kechirim so`rab yuradi. Ammo u o`zining bema`ni qilig`i bilan qizning hayotini saqlab qolganini bilmasdi.

Ma`lum bo`lishicha, qiz konsertdan so`ng shifokorga ko`rinadi. Negaki pivo uning ko`ziga ham tushgan edi va og`riq paydo bo`lgandi. Tekshiruvlardan so`ng qizning miyasida o`simta borligi aniqlanadi va zudlik bilan opersiya o`tkazilib, o`simta olib tashlanadi. Shu tarzda musiqachi muxlisasining hayotini saqlab qoladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1