AsosiyJamiyat

Urganchda Orol muammolari bo`yicha Xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi

Shu yilning oktyabr oyida oxirida Urganch shahrida «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo`yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida xalqaro konferensiya bo`lib o`tishi kutilmoqda, deya xabar beradi uz24.uz nashri.

Orol dengizining katta qismi Orolbo`yi mintaqasini shafqatsizlarcha qamrab olayotgan 5,5 million gektardan iborat qum-tuz sahrosiga aylangan. Olimlarning ta`kidlashicha, har yili atmosferaga qurib borayotgan dengiz tubidan 75 million tonnadan ziyod chang va zaharli tuzlar ko`tarilib, 400 kilometrlik maydon bo`ylab tarqalmoqda. Orol dengizining G`arbdan Sharq tomonga esadigan kuchli havo oqimi yo`lida joylashgani va bu aerozollarning atmosfera yuqori qatlamlariga ko`tarilishiga yordam berayotgani atrof-muhit ifloslanishi oqibatlarini yanada kuchaytirmoqda. Tuz oqimlari alomatlari butun Evropa va hatto Shimoliy muz okeanida ham kuzatilmoqda.

Konferensiyaniii o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad, Orol dengizi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilashga qaratilgan dastur hamda loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamjamiyat mablag` va sa`y-harakatlarini safarbar etish, shu bilan birga ekologik ofatning salbiy oqibatlarini kamaytirishga doir xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.

1995-2012 yillar oralig`ida Orolbo`yi mintaqalariga xalqaro donorlarning 1,1 milliard AQSh dollari miqdoridagi ko`mak mablag`i kiritilgan. Orolni qutqarish xalqaro fondi esa 2003-2010 yillar davomida 2 milliard AQSh dollaridan ortiq mablag`ni turli loyihalarni amalga oshirish yo`lida sarf etgan. Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi Ijroiya qo`mitasi, BMT,  Butunjahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Evropa ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan 300 dan ortiq loyihalarning amalga oshirilishi uchun esa 8,5 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag`ni ajratish ko`zda tutilgandi. 

    Boshqa yangiliklar