1

Pekinda AQSh elchixonasi oldida portlash sodir bo`ldi (video)

Dunyo 26.07.2018, 15:53
Pekinda AQSh elchixonasi oldida portlash sodir bo`ldi (video)

Xitoy poytaxti Pekin shahridagi AQSh elchixonasi yaqinida portlash sodir bo`ldi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videoda katta tutun bulutlari ko`ringan.

Voqea joyida polisiya tomonidan o`ziga qasd qilmoqchi bo`lgan ayolni qo`lga oldi. Buni AQSh elchixona oldidagi portlashga bog`liqligi ekanligi hali noaniq.

Portlash voqeasi bo`yicha Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Gen Shuan bayonot berdi.

Gen Shuan bayonotiga ko`ra, AQSh elchixonasi yonidagi portlash jamoat tartibsizligiga aloqador ko`ngilsiz hodisadir. Internetda portlash haqida xabarlar tarqalishi bilan vaziyatni o`rgangan Pekin polisiyasi shu xulosaga kelgan.

OAV manbalariga ko`ra, portlashda AQSh dipmissiya vakillaridan hech biri jabr ko`rmagan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1