AsosiyJamiyat

Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi majlisida ishtirok etadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2014-yil 11-12-sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining Dushanbe shahrida bo`ladigan navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda  O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish istiqbollarini, mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash, iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni faollashtirish, transport-kommunikasiya sohasidagi hamkorlikka oid hamda o`zaro manfaatli boshqa masalalarni muhokama qiladilar”-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar