1

Ukrainada halokatga uchragan samolyot tergov ishlarining dastlabki natijalari e`lon qilindi

Dunyo 10.09.2014, 10:49
Ukrainada halokatga uchragan samolyot tergov ishlarining dastlabki natijalari e`lon qilindi

Malaysia Airlines aviakompaniyasining Ukrainada halokatga uchragan samolyoti bo`yicha tergov ishlarining dastlabki natijalari e`lon qilindi. Bu haqda ITAR-TASS agentligi xabar bermoqda.

Unga ko`ra, layner texnik nosozliklar mavjudligi haqida hech qanday signal bermagan.   Bo`laklarning joylashishi esa samolyot havoda bo`linib ketganligini tasdiqlamoqda.  “MH17 reysi bilan uchgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing 777-200 samolyoti unga katta tezlikda, ko`p ob`ektlarning to`qnashishi oqibatida bo`laklarga bo`linib ketgan”,-deyiladi hujjatda.

“Hozirga kelib, ekspertlar bo`laklarni to`liq o`rganib chiqa olishmadi. Ammo, suratlar bo`laklarda ko`pgina teshiklar borligini ko`rsatmoqda. Samolyot fyuzelyaji va kabinasidagi shikastlar  samolyotni tashqi tomondan ko`pgina ob`ektlar teshib o`tgani to`g`risida guvohlik bermoqda.  Etkazilgan shikastlar oqibatida layner strukturasi butunligini yo`qotgan va havoda bo`linib ketgan. Buni parvoz ma`lumotlari, dispetcher bilan aloqa hamda samolyotning radar  ekranlaridan qisqa muddatda yo`qolib qolishi ham tasdiqlamoqda”,-deyiladi tergov ishlarining dastlabki hisobotida.  

Hujjatda qayd qilinishicha, samolyot “qora quti”siga yozib olingan ekipaj a`zolarining suhbatlari ham layner nosoz bo`lmagani va hech qanday favqulodda vaziyat yuzaga kelmaganini ko`rsatmoqda.  Ukraina dispetcher xizmatining tasliqdashicha, ekipaj hech qanday favqulodda vaziyat haqida xabar bermagan hamda ukrainalik dispetcherlarning 17:20 va17:22 (Moskva vaqti bo`yicha) oralig`ida bergan so`nggi xabariga javob kelmagan.

“Amsterdamdan uchishdan avval layner parvoz uchun yaroqli bo`lgan va hech qanday texnik nosozlik bo`lmagan. Boeing  professional uchuvchilar tomonidan boshqarilgan”-deyiladi hujjatda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1