AsosiyDunyo

25 yoshli argentinalik darvozabon ko`cha mushtlashuvida halok bo`ldi (Video)

'25 yoshli argentinalik darvozabon ko`cha mushtlashuvida halok bo`ldi (Video)'ning rasmi

25 yoshli argentinalik “Almagro” klubi darvozaboni Fakundo Espindola ko`cha mushtlashuvida halok bo`ldi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.

Futbolchi do`stlari bilan bouling klubi yonida turganda ko`chadan o`tib ketayotgan mashinadagilar Espindolani haqorat qilishgan. Oqibatda janjal kattalashib, mushtlashuvga aylangan. Oqibatda esa darvozabonning ko`krak qismiga pichoq bilan zarba berilgan.

Darvozabonning qotili sifatida “San-Telmo” klubi o`yinchisi Nauel Ovedo qo`lga olingan.

Boshqa yangiliklar