AQShda bir mashina to`satdan paydo bo`lgan chuqurga tushib ketdi, deya ma`lum qilmoqda Segodnya.ua nashri.
Voqea Kolorado shtatining Sheridan shahridagi trassalardan birida ro`y bergan.
Toyota RAV4 4,5 metrli chuqurga tushib keib, suvga botgan. Ammo haydovchi Eshli Merish (Ashley Marisch) eson-omon tepaga chiqib olgan.
Ko`ngilsiz voqeaga kuchli yomg`irlar oqibatida yorilgan quvurdan otilgan suv erni o`pirib tashlagani sabab bo`lgan.






