AsosiyDunyo

Indoneziyada kuchli zilzila ro`y berdi (Video)

'Indoneziyada kuchli zilzila ro`y berdi (Video)'ning rasmi

Indoneziyaning aholi zich yashovchi Lombok orolida 6,4 magnitudali kuchli zilzila ro`y berdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Er osti silkinishlari AQSh geologiya xizmati mutaxassislari tomonidan yakshanba, 29 iyul kuni, mahalliy vaqt bilan soat 06:47 da sayyohlar orasida mashhur bo`lgan Bali oroli yaqinida joylashgan Rinjani vulqoni atrofida qayd etildi.

Seysmik hodisa o`chog`i 7,5 kilometr chuqurlikda joylashgan. Aynan shu tumanda yana o`chog`i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan, 5,4 magnitudali takroriy zilzila ro`y berdi. Keyinchalik takroriy zilzilalar soni 11 taga etdi.

Hodisa oqibatida 10 kishi halok bo`lgani, 12 kishi jabrlangani haqida ma`lumot berildi. Zilzila guvohlari voqea joyini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishmoqda, suratlardan binolarning vayron bo`lganligini ko`rish mumkin.

Boshqa yangiliklar