Xitoyning Xaynan orolida joylashgan Dadunxay kurortida dengiz qirg`og`ida dam olayotgan sayyohlarga akula hujum qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Mazkur hodisa aks video Youtube kanaliga joylashtirildi.
Kadrda uzunligi ikki metrcha keladigan akulaning uni o`rab turgan odamlarni tishlashga harakat qilib, suvda tipirchilayotganligini ko`rish mumkin.
Voqeaga guvoh bo`lgan sayyohlarning birortasi xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, hodisani bemalol videoga olishda davom etishgan.






