Ozarbayjondagi avtomashinalar to`xtash joyida yuz bergan portlash oqibatida to`rt kishi kuyish jarohatini oldi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Sumgait shahri hududida joylashgan avtomobil to`xtash joylaridan birida portlash ro`y berishi oqibatida odamlar jabrlangan, bitta engil va bitta yuk mashinasi yonib ketgan.
Voqea joyiga etib kelgan o`t o`chirish xizmati xodimlari yong`inni o`chirishgan.






