AsosiyJamiyat

FVV O`zbekistonda havo harorati yana keskin ko`tarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

'FVV O`zbekistonda havo harorati yana keskin ko`tarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi'ning rasmi

O`zbekiston FVV Telegram tarmog`i va ayrim saytlarda vazirlikka havola qilgan holda joylashtirilgan yaqin sutkalarda respublika hududida harorat yana keskin ko`tarilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

FVV huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko`ra, 3 avgustga qadar O`zbekistonda kunduzi 32—37, kechki payt esa 17—22 daraja harorat hukm surishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan vazirlik matbuot xizmati aniq va ishonchli ma`lumotlar uchun FVVning rasmiy manbalariga murojaat etishni so`ragan.

    Boshqa yangiliklar