Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish shartnomasining muddat o`zgartiriladi, deb xabar bermoqda O`zA.
Prezident tomonidan 2018 yil 26 iyulda imzolangan “Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta`minlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonunga muvofiq, endilikda yo`lovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha bo`lgan muddatga tuzilishi mumkin.
Ushbu o`zgartirish shu yilning 28 oktyabridan kuchga kuchga kiradi.
Eslatib o`tamiz, hozirgi kunda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuzilishi lozim.






