Bugun, 30 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 3:00 Xitoy poytaxtida mikroavtobus ishtirokida sodir bo`lgan YTHda 5 kishi haloq bo`ldi. Bu haqda Xitoy yo`l-transport polisiyasi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, Pekinning Chaoyan tumanidagi 5-transport halqasida harakatlanayotgan mikroavtobus to`xtab turgan yo`l ta`mirlovchi transport vositasiga kelib urilgan. Oqibatda mikroavtobusdagi besh yo`lovchi voqea joyida halok bo`lgan, jarohatlangan haydovchi shifoxonaga etkazilgan.
Hozirda YTH sabablari o`rganilmoqda.






