Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida "O`zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ishtirok etmoqda.
"O`zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi 1 avgustdan tizimda ishlab chiqarilayotgan mashinalar narxi rasman oshishi haqida ma`lumot bergandi.
Sh.Umurzoqov mashinalarimiz raqobatdosh bo`lishi uchun narxni 30 foizga tushirish kerakligini ta`kidladi, deb yozmoqda O`zA.
"Butlovchi qismlarning narxini 20 foizga tushiramiz. Tez emas asta-sekin. Bu hali bo`lmagan voqea. Yil oxirigacha butlovchi qismlarning narxi 20 foizga tushirilsa, avtomobil narxini 9 foizga tushirishga erishamiz. Ishonch bilan aytamanki, keyingi yil avtomashinalar narxi, albatta, tushadi", - deya va`da berdi Sh.Umurzoqov.