Gresiyada hamon o`rmon yong`inlari davom etmoqda, deya xabar bermoqda Moya-planeta.ru nashri.
Mamlakatda vaziyat tobora jiddiy tus olmoqda. Odamlar alangadan qochish maqsadida dengizni kechib o`tishga majbur bo`lishmoqda.
Hududlarda olov maydoni kengayib bormoqda. Alanga odamlarni jarliklar chetiga va dengizga siqib chiqarmoqda. Ko`p sonli aholi vakillari omon qolish uchun dengiz sohillariga qochishga majbur bo`lishmoqda. Ular narigi sohilga suv kechib o`tishyapti. Olingan so`nggi ma`lumotlarga qaraganda, yong`in qurbonlari soni 74 taga etgan. O`t o`chiruvchilarning so`zlariga ko`ra, halok bo`lganlar soni yana ortishi mumkin.
Mati shahridagi cherkovdan jasadlar topilgan. Ular ruhoniylar hamda bu erga ibodat uchun kelganlardir. Oromgohlarda yozgi ta`tilni o`tkazayotgan barcha bolalar uylariga qaytarib yuborildi. Afina hokimyati 621 nafar bolalarni sog`-omon poytaxtga olib kelish uchun barcha xavsizlik choralarini ko`rgan.






