1

Mayk Tayson jonli efirda teleboshlovchini haqoratladi

Dunyo 12.09.2014, 10:10
Mayk Tayson jonli efirda teleboshlovchini haqoratladi

Afsonaviy sobiq bokschi Mayk Tayson Kanada telekanallaridan birida teleboshlovchini haqoratladi.  Bu haqda NY Daily News xabar beradi.

Xabarda yozlishicha, bokschiga teleboshlovchining savoli yoqmagan. Jurnalist Maykdan Toronto meri bilan uchrashgani siyosatchining obro`siga putur etkazishi mumkinligi haqida savol bergan.

“Hozir saylovga tayyorgarlik ishlari bo`lib o`tmoqda va biz sizni jinsiy zo`ravonlik sababli qamoqda o`tirib chiqqaningizni bilamiz. Ayrimlar merning siz bilan uchrashgani uning kampaniyasiga putur etishi mumkinligini aytishmoqda. Siz bunga nima deysiz?”,-dedi teleboshlovchi Natan Dauner.

Ushbu savol esa Maykni jahlini chiqardi. “Bu gapni gapirayotganlar bilan ishim yo`q. Sen menga yaxshi yigitdek ko`ringaniding... ”,-deya yana bir necha haqoratli so`zlarini qo`shib o`tdi Tayson.   

Shundan so`ng, jurnalist Maykka televidenieda ekanligini eslatdi. Bokschi esa bu teleboshlovching muammosi ekanligi aytdi. Studiyada bo`lib turgan promouter ham vaziyatni engillashtira olmadi. Oqibatda teleboshlovchi intervyuni to`xtatishga majbur bo`ldi.  

Keyinchalik teleboshlovchi Natan Dauner o`zining tvitterdagi sahifasida bo`lib o`tgan voqea uchun kechirim so`radi. “Savolim Maykni xafa qilgani uchun afsusdaman. Men buni istamagandim. Siz eshitgan so`zlar uchun kechirim so`rayman”,-deb yozdi jurnalist.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1