Toshkentdagi Temur Malik – Parkent ko`chalari kesishmasida avtotransport vositalari harakati qisman cheklandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, er usti yo`l o`tkazgichi qurilishi munosabati bilan shu yilning 30 iyulidan boshlab, poytaxtning Temur Malik – Parkent ko`chalari kesishmasida avtotransport vositalari harakati qisman cheklangan.
Ushbu cheklovlar qurilish ishlari yakuniga qadar davom etadi.






