1

Xitoyda koinotga sun`iy yo`ldoshlar uchirildi

Dunyo 01.08.2018, 07:23
Xitoyda koinotga sun`iy yo`ldoshlar uchirildi

Xitoyda navbatdagi sun`iy yo`ldoshlar koinotga uchirildi, deya xabar qildi Interfax.ru nashri.

Mazkur yo`ldoshlar BeiDou milliy navigasiya tizimidagi 33-chi va 34-chisi hisoblanadi.

Sun`iy yo`ldoshlar mamlakat janubi-g`arbidagi Sichuan viloyati hududida joylashgan Sichan kosmodromidan uchirilgan. Ular “Chanchjen-3B” va “Yuanchjen-1” raketa tashuvchilari orqali fazoga olib chiqildi. Bu Xitoyning “Chanchjen” turkumidagi 281-uchirish sifatida qayd etilgan. Uchirilgan sun`iy yo`ldoshlar Xitoyni to`liq, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlarini qisman qamrab olgan global navigasiya tizimiga mansub hisoblanadi.

Xitoy 2018 yil oxirigacha orbitaga chiqarilgan Beidou sun`iy yo`ldoshlari sonini 18 tagacha, 2020 yil oxirigacha esa 30 tagacha oshirmoqchi. BeiDou navigasiya tizimi AQShning GPS va Rossiyaning GLONASS tizimlariga raqobatchidir. U 2020 yilgacha butun dunyo bo`ylab navigasiya tizimlarini taqdim qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1