AsosiyJamiyat

Surxondaryo bozorlarida qo`y go`shti qimmat sotilayotgani ma`lum qilindi

'Surxondaryo bozorlarida qo`y go`shti qimmat sotilayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi respublika bo`yicha uyushgan savdo majmualari hamda dehqon bozorlaridagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o`rtacha narxlari to`g`risidagi ma`lumotni e`lon qildi, deb yozadi O`zA.

Unga ko`ra, bozorlarda 1 kilogramm mol go`shtining o`rtacha narxi 36 533 so`m. Eng arzon narxlardagi mol go`shti Qoraqalpog`iston Respublikasi bozorlarida 33 ming so`m, Surxondaryo, Namangan, Buxoro, Navoiy viloyatlari bozorlarida esa o`rtacha 34 ming so`mdan sotilmoqda. Eng qimmat narxlar esa Toshkent shahar bozorlarida kuzatildi – 40 ming so`m atrofida.

Qo`y go`shtining narxlarida esa qiziq holat – eng qimmat narxlar Surxondaryoda. 1 kilogramm qo`y go`shti 39 ming so`mdan yuqori. Eng arzon narxlar Qoraqalpog`iston Respublikasi (29 ming), Navoiy, Buxoro viloyatlari bozorlarida (32 ming so`m) sotilmoqda. Poytaxtda 1 kilogramm qo`y go`shti 38 ming so`m atrofida sotilyapti.

Guruchni ham respublika bozorlarida turli narxlarda uchratish mumkin. Masalan, o`rtacha narx 7523 so`m bo`lsa, eng qimmat narx 8 ming so`mdan yuqori (Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Namangan, Buxoro, Navoiy, Farg`ona viloyatlari) narxlarda. Eng arzon narxni esa Qoraqalpog`iston Respublikasi bozorlarida (5 ming so`m) uchratish mumkin.

O`simlik moyi narxlarida uncha katta bo`lmagan tafovut kuzatilsa-da, biroq Surxondaryo viloyatida 11 ming so`mdan yuqori narxlarda sotilmoqda. Vaholanki, respublika bo`yicha uning o`rtacha narxi 10154 so`m. Boshqa hududlarda 9 – 10 ming so`m atrofida sotilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha uyushgan savdo majmualari hamda dehqon bozorlaridagi ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o`rtacha narxlari to`g`risida ma`lumot

(2018 yil 27 iyul holatiga)

(1 kg, so`mda)

    Boshqa yangiliklar