AsosiySport

"Uzbek Tigers" jamoasiga yangi rahbar tayinlandi

'"Uzbek Tigers" jamoasiga yangi rahbar tayinlandi'ning rasmi

31 iyul kuni Milliy olimpiya qo`mitasida jamoaning yangi rahbari tanishtirildi, deb xabar berdi MOQ.

Unga ko`ra, ayni paytda jiu-jitsu federasiyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Komiljon Ro`ziev jamoaning menejeri sifatida ish yuritadi.

Ma`lumki, AIBA tomonidan tashkil qilingan Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqalarida yurtimiz sharafini "Uzbek Tigers" jamoasi himoya qiladi. Ushbu bahslar orqali bokschilar Olimpiya o`yinlari lisenziyasiga ham ega bo`lishlari mumkin bo`ladi. Bu ham mazkur turnirning ahamiyati qay darajada ekanligini ko`rsatib turibdi.


"Ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, kelajakda bokschilarimiz Olimpiya o`yinlarida ishtirok etishadi va yurtimizga oltin medallar bilan qaytishadi. Jamoaning kuchayishi uchun qo`limdan kelgan barcha ishni qilaman", - dedi Komiljon Ro`ziev.

    Boshqa yangiliklar