1

Peruda yo`lovchi tashuvchi poezd halokatga uchradi

Dunyo 02.08.2018, 07:39
Peruda yo`lovchi tashuvchi poezd halokatga uchradi

Peruning Machu-Pikchu shahrida yo`lovchi tashuvchi poezd halokatga uchradi, deya xabar qilmoqda Ria.ru nashri.

Xabarlarga ko`ra, voqea oqibatida uning bortida bo`lgan sayyohlar jarohat olgan.

Voqea Machu-Pikchning Inkan harobalari yaqinida ro`y berdi. Yo`lovchi tashuvchi poezd temiryo`l kesishmasida avtomobil bilan to`qnashib ketgan. Natijada esa kamida 23 nafar xorijlik sayyohlar tan jarohati olib kasalxonaga etkazildi. Ular Inka harobalarini tomosha qilish uchun ketayotgan edilar.

Poezdning bir nechta vagonlari jiddiy zarar ko`rgan. Ichkarida qolib ketgan yo`lovchilarni esa hodisa joyiga etib kelgan polisiya xodimlari tashqariga olib chiqishdi. To`qnashuvda ishtirok etgan avtomobil haydovchisi va yo`lovchilari haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari boshlab yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1