1

Meksikada samolyot halokatga uchradi

Dunyo 02.08.2018, 07:43
Meksikada samolyot halokatga uchradi

Meksikaning Durango shtatida samolyot halokatga uchradi, deya xabar qildi RT.com nashri.

Aeromexico aviakompaniyasiga teshishli Embraer-190 samolyoti bortida 97 yo`lovchi va ekipajning to`rt nafar a`zosi bo`lgan. Falokat tufayli taxminan 85 kishi turli darajada jarohat oldi. Qurbonlar haqida ma`lumot yo`q. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, samolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli qulagan.

Voqea layner havoga ko`tarilganidan so`ng ko`p vaqt o`tmay yuz berdi. Uchuvchilar vaziyat yomonlashayotganini anglagach, favqulodda qo`nishni amalga oshirishga uringan. Bu xaqda markazga xabar berishga ham urinishgan. Biroq qisqa daqiqalar ichida layner erga sho`ng`idi, deyiladi xabarlarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1