Test natijalari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta`minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So`nggi materiallar Farg`ona vodiysidan kechasi 2:30da etib keladi. Bu haqda Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduxakimov facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.
Etib kelgan test natijalari bo`yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlanadi.
Davlat test markazining xodimlari tashqariga chiqmasdan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanmagan hamda test materiallarining maxfiyligini ta`minlagan holda test materiallarini qayta ishlaydi.
Shu bilan birga, test sinovlarining 1-kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki test savollarining tashqariga chiqib ketganligi to`g`risidagi xabarlar tarqatilgan. Ushbu holatlar bo`yicha tegishli ma`lumotlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berildi.
Shuningdek, ayrim binolarda test jarayonlarini onlayn kuzatish uchun qo`yilgan monitorlardagi tasvirlarni uzilib qolish hollari axborot texnologiyalari sohasining malakali mutaxassislari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi va bunday holatlarga boshqa yo`l qo`ymaslik choralari ko`rildi.
1 avgust test natijalari 2 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida Davlat test markazining dtm.uz saytida e`lon qilinadi.
Respublikada test sinovlari 1-15 avgust kunlariga rejalashtirilgan va tashkil qilingan tizim bo`yicha ishlar davom ettiriladi.