Barcha yangilanishlar, islohotlar jarayonida old saflarda yurishni maqsad qilgan tuman ahli yana bir namunali to`y o`tkazdi, deb yozmoqda O`zA.
Davlatimiz rahbarining Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrifidan so`ng tuman ahli kayfiyatida ham, ish unumdorligida ham ko`tarinkilik ko`zga tashlanmoqda.
Tumandagi “A`lo” to`yxonasida o`tkazilgan Jamshidbek va Madinaning nikoh to`yiga 100 nafar mehmon tashrif buyurdi.
Namunali to`yni tashkil etishda tuman hokimligi mutasaddilari, “Yangi Toshkent” mahalla faollari bosh-qosh bo`ldilar.
Bo`lg`usi yosh oila uchun Olmazor tuman hokimligi va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan Prezident sovg`asi – yurtimizda ishlab chiqarilgan mebelllar jamlanmasi tuhfa qilindi.
Tumanda kamxarj, kamchiqim to`ylar soni yanada ko`payadi. Birgina avgust oyining o`zida tuman miqyosida ana shunday namunali to`ylardan 15 tasi o`tkazilishi rejalashtirilgan.






