AsosiyJamiyat

Boeing 767 samolyoti poytaxt aeroportiga qo`nish vaqtida tormoz berish tizimida nosozlik yuzaga keldi

'Boeing 767 samolyoti poytaxt aeroportiga qo`nish vaqtida tormoz berish tizimida nosozlik yuzaga keldi'ning rasmi

Bugun, 2 avgust kuni Toshkent aeroportida kutilmagan favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tonggi soat 05:10da Istanbul-Toshkent muntazam qatnovi bo`yicha uchib kelayotgan «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 767 samolyoti poytaxt aeroportiga qo`nish jarayonida tormoz berish tizimidagi nosozlik tufayli shassi g`ildiraklari qizib, shinalarga qisman shikast etgan.

«Qo`nish shtat rejimida amalga oshirildi. Tergov-surishtiruv ishlari olib bormoqda. Milliy aviakompaniya yo`lovchilardan etkazilgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi», - deyiladi MAK xabarida.

    Boshqa yangiliklar