Namangan viloyatining Yangiqo`rg`on tumanida 1 avgust kuni “Qorapolvon” mahallasida yashovchi D.M. “M-412” rusumli avtomashinani “Qizilqiyoq” MFY hududida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo`lni kesib o`tayotgan Sh.U. ismli ayol va uning qizi S.T.larni urib yuborgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ona-bola kasalxonaga yotqizilganlar. Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etganlar.






