"O`zbekiston temir yo`llari" kompaniyasi Jizzax–Mirzacho`l–Jizzax yo`nalishida shaharlararo poezdi qatnovini yo`lga qo`ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Masofaning umumiy uzunligi 80 kilometrdan iborat bo`lib, poezd Jizzax vokzali va Irjar stansiyasi oralig`ida harakatlanadi. Harakat vaqti 2 soatu 10 daqiqani tashkil etadi.
Poezd viloyatning Sharof Rashidov, Paxtakor, Do`stlik va Mirzacho`l tumanlarini o`zaro bog`laydi.
Zamonaviy transport bir vaqtning o`zida 200 nafardan ortiq yo`lovchiga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega. Chipta narxi 3,5 ming so`m.






