AsosiyJamiyat

Test sinovlarining ikkinchi kuni: 1215 nafar abiturient kelmagan, 486 nafari esa qoidani buzgan

'Test sinovlarining ikkinchi kuni: 1215 nafar abiturient kelmagan, 486 nafari esa qoidani buzgan'ning rasmi

Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni - 2 avgustda o`tkazildi va to`liq yakunlandi. Bu haqida bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov o`zining Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.

Test sinovlarida 25 ta oliy ta`lim muassasalarining 63 ta ta`lim yo`nalishida 57 ming 849 nafar abiturient ishtirok etdi, turli sabablarga ko`ra 1219 nafar abiturient test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 486 nafar abiturient, shundan 251 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o`zgani o`rniga kirishga uringanligi uchun, 235 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abiturientlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

    Boshqa yangiliklar