O`zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi saytida e`lon qilingan ma`lumotga qaraganda respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni – 1 avgust natijalari quyidagicha:
Test sinovlari 23 ta oliy ta`lim muassasalarining 154 ta ta`lim yo`nalishi bo`yicha o`tkazildi.
Test sinovlarida 58 985 nafar abiturient ishtirok etdi.
Davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali: 223,5.
To`lov-kontrakt bo`yicha eng yuqori o`tish bali: 176,7 ni tashkil qildi.
O`rtacha o`tish bali:
davlat granti – 142,9;
to`lov-kontrakt – 123,7 ni tashkil qildi.
Oliy ta`lim muassasalari bo`yicha eng yuqori o`tish bali:
davlat granti bo`yicha – 223,5 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (rus) ta`lim yo`nalishida qayd etildi.
to`lov-kontrakt bo`yicha – 176,7 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (o`zbek) ta`lim yo`nalishida qayd etildi.
Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining rasmiy veb sahifasidan olish mumkin.
03.08.2018 05:14
Natijalar ham e`lon qilindi: Eng yuqori ball hozircha bo`lajak huquqshunoslarda






