1

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki yonilg`i-energetika tarmog`ida hamkorlikka qiziqish bildirmoqda

Siyosat 03.08.2018, 16:34
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki yonilg`i-energetika tarmog`ida hamkorlikka qiziqish bildirmoqda

O`zbekiston bosh vazir o`rinbosari – O`zbekneftgaz AJ Boshqaruvi raisi Alisher Sultanov Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Prezidenti Suma Chakraborti bilan uchrashuv o`tkazdi. ETTB raisining ta`kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligi ostida O`zbekistonda keng qamrovli o`zgarishlar olib borilmoqda, jumladan, ichki va tashqi siyosat, iqtisodiyot va boshqa sohalarda.

Janob Chakrabortining so`zlariga qaraganda, mamlakatimizga tashrif bankning O`zbekistonda olib borayotgan faoliyati bo`yicha yangi o`rta muddatli strategiya ishlab chiqishiga zamin yaratadi. Undan maqsad, O`zbekistonga ETTBning yangi investisiyalarini jalb qilish va asosiy islohotlarning amalga oshirilishini qo`llab-quvvatlashdir.

ETTB Prezidenti O`zbekiston Respublikasida gaz uzatish tizimini texnik qayta jihozlash, modernizasiya qilish va rivojlantirish bo`yicha Dasturni moliviy qo`llab-quvvatlashga katta qiziqish bilan qarayotgani haqida alohida aytib o`tdi. Tomonlar kelishuviga ko`ra, ETTB yaqin vaqt ichida Dastur bajarilishi yuzasidan o`z takliflarini taqdim etadi, jumladan, moliyalashtirishning dastlabki miqdori va indikativ shartlar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1