1

Zimbabveda prezident saylovining natijasi e`lon qilindi

Dunyo 04.08.2018, 06:48
Zimbabveda prezident saylovining natijasi e`lon qilindi

Zimbabveda o`tkazilgan va ko`plab mojarolarga sabab bo`layotgan prezident saylovining natijasi e`lon qilindi, deb xabar bermoqda Ntv.ru nashri.

Unga ko`ra amaldagi prezident Emmerson Mnangagva g`alaba qozongan.

Mamlakatning barcha 10 ta viloyatlarida saylov byulletenlari hisoblangach, yakuniy natija e`lon qilindi. Unga ko`ra, amaldagi prezident hamda Zimbabvening hukmron partiyasi “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvar front” partiyasining rahbari Emmerson Mnangagva raqiblaridan o`zib ketib, o`z lavozimini qayta egalladi.

Unga 2,46 milliondan ortiq saylovchilar ovoz bergan.Uning raqibi Muxolifatdagi “Demokratik o`zgarishlar harakati” partiyasidan nomzod Nelson Chamiza 2,15 millionga yaqin ovoz to`plagan. Avvalroq mamlakat poytaxti Xarare ko`chalarida harbiylar va muxolifat tarafdorlari o`rtasida to`qnashuvlar bo`lib o`tgani va uch kishi halok bo`lgani xabar qilingandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1