AsosiyDunyo

Peruda halokatga uchragan avtobus 20 kishining hayotiga zomin bo`ldi

Peru janubidagi tog` ustidagi yo`lda ketayotgan yo`lovchi avtobusi 200 metr chuqurlikdagi daraga qulab tushdi. Ma`lumotlarga ko`ra ushbu hodisa tufayli kamida 20 kishi hayotdan ko`z yumdi, 11 kishi esa jiddiy jarohat oldi. Bu haqda segodnya.ua nashri xabar beradi. 

Naska provinsiyasidan Kuskoga yo`l olgan yo`lovchilar diniy bayramda ishtirok etishlari lozim edi.

“Bu hududda qutqarish ishlarini olib borish juda qiyin. Shu vaqtgacha hali birorta yo`lovchining murdasini olib chiqish imkoni bo`lmadi” deya fikr bildirgan Peru polisiyasi vakili.

YTH sodir bo`lgan hududda polisiyadan tashqari o`t o`chiruvchilar va ko`ngillilar ham qutqarish ishlarida ishtirok etishmoqda. Fojea sabablari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar