AsosiyShou-biznes

Beyonse ikkinchi farzandiga homilador

2014 yili avgust oyining o`rtalarida chet el ommaviy axborot vositalarida qo`shiqchi Beyonse hamda Jey-Zilarning ajralayotgani haqida xabar tarqalgan edi. Bugun esa ajralish haqidagi barcha ma`lumotlarning yolg`on ekanini tasdiqlagan holda xonanda Beyonsening turmush o`rtog`i Jey-Zi Parijda bo`lib o`tgan konsert dasturi chog`ida sahnadan turib Beyonsening ikkinchi farzandiga homilador ekanini ma`lum qilgan. Bu haqda www.dni.ru nashri xabar beradi.

Hozirda 2008 yilning aprel oyida turmush qurgan Beyonse va Jey-Zilarning Blyu Ayvi ismli qizaloqlari bor.

Aytish joizki, juftlik birinchi farzandining tug`ilishi haqida ham sahnadan turib xabar berishgandi. Bu safar ham ular o`z an`analarini davom ettirishdi.

    Boshqa yangiliklar