Farg`ona viloyatining Yozyovon tumanida 4 avgust kuni Andijon viloyati Ho`jaobod tumanida yashovchi M.D. «DAF» rusumli yuk avtomashinasini «Yangi Bo`ston» MFY hududida haydab ketayotgan vaqtida yo`lning qatnov qismini kesib o`tayotgan Z.O`. (ismli ayol) va birga yashagan o`g`li 9 yoshli M.J.ni urib yuborgan.
Natijada piyodalar olgan jarohatlaridan kasalxonaga olib ketilayotganlarida vafot etganlar, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.






