AsosiyDunyo

Dunyodagi eng yirik it o`ldi

2012 yili Ginnesning rekordlari kitobidan o`rin olgan va dunyodagi eng katta it deb ta`riflangan Zevs laqabli it 5 yoshidla vafot etdi, deya yozadi 365news.biz nashri.

Bo`yi 112 santimetrga etgan Zevs AQShning Michigan shtatida Kevin Durlagning eng sevimli iti edi. Ikki oyoqlab turganida esa uning bo`yi 220 santimetrga etardi. Og`irligi 70 kilogramm bo`lib, bir kunda uning qornini to`yg`azish uchun 13 kilogramm miqdorda ovqat lozim bo`lardi.

Baxaybat itlar naslidan bo`lgan bu kabi itlar uzoq yashay olmaydi. Sababi ularning ichki a`zolari ham tanasiga mos ravishda katta bo`ladi va a`zolar yurakni deformasiyalaydi, qisa boshlaydi.

2014 yilning noyabr oyida Zevs 6 yoshga to`lgan bo`lardi. 

    Boshqa yangiliklar