AsosiyJamiyat

Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining to`rtinchi kunida o`tish ballari ancha past bo`ldi

'Respublika oliy ta`lim muassasalariga kirish test sinovlarining to`rtinchi kunida o`tish ballari ancha past bo`ldi'ning rasmi

Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook’dagi sahifasida 4 avgust kungi test sinovlari natijalari e`lon qilindi. Unga ko`ra, davlat granti bo`yicha eng yuqori o`tish bali 175,8 ball, Farg`ona politexnika institutining “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)” ta`lim yo`nalishida qayd etildi.

To`lov-kontrakt bo`yicha eng yuqori o`tish bali 147,6 ball bo`lib, bu ko`rsatkich O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili” ta`lim yo`nalishiga to`g`ri keladi.

O`rtacha o`tish bali - davlat granti – 97,9 ball, to`lov-kontrakt – 80,5 ballni tashkil etdi.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining saytida 2018 yil 5 avgust kuni soat 19.15da e`lon qilindi.

Xabarda qayd etilishicha, test sinovlari shaxsni identifikasiyalash vositalari, videofiksasiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 15 ta oliy ta`lim muassasalarining 80 ta ta`lim yo`nalishi bo`yicha o`tkazildi.

Test sinovlarida 56 966 nafar abiturient ishtirok etgan, 1 369 nafar abiturient kelmagan.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 73 nafar abiturient test sinovlaridan chetlashtirildi.

    Boshqa yangiliklar