Asosiy dori vositalarining ro`yxati Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Ro`yxatga jami 820 ta dori vositasi kiritilgan.
Eslatib o`tamiz, “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to`g`risida”gi Qonunga muvofiq Asosiy dori vositalari ro`yxatini ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqilib tasdiqlanadi.
Sog`liqni saqlash vazirligi mazkur ro`yxatga kiritilgan dori vositalarini davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo`lishini nazorat qilib boradi.






