AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirligining birinchi o`rinbosari etib Davron Nazarmuhammedov tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov tomonidan Davron Nazarmuhammedov ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari, shuningdek IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqda uz24.uz nashri xabar beradi.

Ushbu qaror O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014 yilning 9 sentyabr kuni imzolangan.  Ushbu lavozimda bundan oldin 2013 yilning dekabr oyidan buyon Rahmat Mamatov foliyat olib borgan. Davron Nazarmuhammedov esa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatida ishlagan.

Bundan avvalroq u IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.

    Boshqa yangiliklar