AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 oktyabrdan issiq suvning narxi oshadi

2014 yilning 1 oktyabridan e`tiboran O`zbekiston poytaxti aholisi shuningdek tashkilotlar uchun markaziy isitish hamda issiq suv ta`minoti tarifi 7 foizga oshadi. 

Tariflarning oshishi yoqilg`i va materiallarning qimmatlashishi bilan bog`liq, deya xabar beradi Gazeta.uz nashri. Markaziy isitish uchun poytaxtda bir oylik tarif narxi turar joyning bir kvadrat metri uchun hozirgi 787,95 so`mdan 844,67 so`mgacha oshadi.

Issiq suv uchun yangi tarif hisoblagich bo`lmagan taqdirda kishi boshiga 10570,54 so`mni (hozir 9860,67 so`m) va hisoblagich bilan bir kubometr uchun 2706,76 so`mni (damda 2524,99 so`m) tashkil etadi.

Umumiy yotoqxonalarda istiqomat qiluvchilar bir kishi uchun 7863,46 so`m (ayni damda 7335,38 so`m) to`lashlari lozim bo`ladi.

Tashkilot va korxonalar uchun issiqlik energiyasi ulgurji tarifi bir Gkal uchun QQSsiz 47 487 so`m (ayni damda 44 298 so`m) QQS bilan esa bir Gkal uchun 56 984,4 so`m (ayni damda 53 157,6 so`m)dan iborat.

Issiq va sovuq suv uchun to`lov hisoblagichi bo`lmagan aholiga issiq va sovuq suv ta`minoti uchun belgilangan tariflarga 1,5 koeffisientini qo`llash orqali amalga oshiriladi.

«Suvsoz» korxonasi 1 oktyabrdan Toshkent aholisi uchun sovuq suv ta`minoti xizmati yangi tariflar bo`yicha hisoblanishi haqida ma`lum qilgan.

Qayd qilib o`tish joiz, issiq va sovuq suv narxlari bundan avval 1 aprelda oshgan edi.

    Boshqa yangiliklar