AsosiyDunyo

“Islom davlati” jangarilari Rim papasi joniga suiqasd qilishni rejalashtirmoqda

“Islom davlati” jangarilari Rim papasi Fransisk joniga suiqasd qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi The Telegraph nashri.

Xabarda yozilishicha, bu haqda Vatikandagi Iroq elchisi Xabib al-Sadr ma`lum qilgan.

Kelayotgan yakshanba kuni Rim papasi Albaniyaga bir kunlik rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda. Iroqlik diplomatning fikricha, jangarilar tomonidan Fransisk papaning hayotiga xavf solinishi mumkin. Al Sadr noyabr oyida Turkiyada Rim papasiga suiqasd qilinishi ham mumkinligini aytib o`tdi.

Iroq elchisining aytishicha, “Islom davlati” jangarilari Rim papasini o`ldirmoqchi.

“O`ylaymanki, jangarilar uni chet el safarlarining birida va hattoki Rimda uning joniga suiqasd qilishlari mumkin. "Islom davlati" jangarilari safida Amerikalik, fransiyalik, kanadalik, britaniyalik va italiyaliklar ham bor. Guruh ulardan birini Evropadagi terroristik harakatlar uchun jalb qilishi mumkin”,-deya qo`shib o`tdi elchi.

O`z navbatida Vatikan Rim papasining hayotiga suiqasd qilinishi haqida aniq ma`lumot yo`qligini e`lon qilishdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar