AsosiyJamiyat

MMA jangchisi Mahmud Murodov O`zbekiston fuqaroligini oldi

'MMA jangchisi Mahmud Murodov O`zbekiston fuqaroligini oldi'ning rasmi

MMA jangchisi Mahmud Murodov O`zbekiston pasportini oldi.

“Butun 26 yil davomida shu kunning kelishiga shubha qilmagandim, hech qachon o`z ajdodlarimni unutmaganman va o`zbek zamini o`g`loni ekanligimni bilardim, bugun esa buni tasdiqlovchi hujjatni oldim. O`z yurtimning to`la huquqli fuqarosi sifatida uning sha`nini jahon arenalarida himoya qilishga va har bir davlat o`zbek sportchilarining kuchini bilishi uchun bayrog`ini ko`klarga ko`tarishga va`da beraman. Har bir inson orzu bilan yashaydi, mening orzuim bugun ushaldi”, - deb yozdi Murodov Instagram sahifasida.

U shuningdek, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga alohida minnatdorlik bildirdi.

Murodov Ultimate Fighting Championship (UFC) aralash janglar bo`yicha chempionatda hamda MMAA Arena, XFN, BA kabi turnirlarda ishtirok etadi.

    Boshqa yangiliklar