«Yoshlar – kelajagimiz» jamg`armasi quyidagi lavozimlarga ishga qabul qilish bo`yicha tanlov e`lon qiladi:
Bosh hisobchi – 1 nafar;
Bosh yuriskonsult – 1 nafar;
Moliya-iqtisodchi – 2 nafar;
Nazorat-taftishchi – 2 nafar;
Arxitektor – 1 nafar.
Bosh hisobchiga qo`yiladigan asosiy talablar:
- oliy ma`lumotli;
- umumiy 10 yil va shu davr mobaynida davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarining bosh hisobchisi lavozimida kamida 5 yil ish stajiga ega;
- o`zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz tilini o`zlashtirganligi;
- komputer savodxonligi: MS Word, Ekzel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilish.
Yuristga qo`yiladigan asosiy talablar:
- oliy ma`lumotli;
- yurist lavozimida kamida 3 yil ish stajiga ega;
- O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va qonunosti hujjatlaridan to`liq boxabar bo`lishi;
- o`zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz tilini o`zlashtirganligi;
- komputer savodxonligi: MS Word, Ekzel va boshqa dasturlarda ishlay bilishi.
Moliya-iqtisodchiga qo`yiladigan asosiy talablar:
- oliy ma`lumotli;
- davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida kamida 3 yil ish stajiga ega;
- kompyuter savodxonligi: MS Word, Ekzel, Project, 1C Buxgalteriya va boshqa buxgalteriya dasturlarini bilish;
- moliyaviy va iqtisodiy tahlil eta olish, kredit reytinglarni tushunish;
- o`zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz tilini o`zlashtirganligi.
Nazorat-taftishchiga qo`yiladigan asosiy talablar:
- oliy ma`lumotli;
- davlat idoralari, NNT va tijorat tuzilmalarida moliyaviy boshqaruv va iqtisodiyot sohasida, shuningdek nazorat-taftish sohasida kamida 3 yil ish stajiga ega;
- o`zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz tilini o`zlashtirganligi;
- kompyuter savodxonligi: MS Word, Ekzel va boshqa dasturlarda ishlay bilishi.
Arxitektorga qo`yiladigan asosiy talablar:
- oliy ma`lumotli;
- arxitektura-qurilish sohasida kamida 3 yil ish stajiga ega;
- qurilish sohasida amaliy ko`nikmaga ega;
- o`zbek va rus tillarini mukammal bilishi, ingliz tilini o`zlashtirganligi;
- kompyuter savodxonligi: MS Word, Ekzel va arxitektura-qurilish yo`nalishi bo`yicha mavjud dasturlarda ishlay bilishi.
Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- ma`lumotnoma (ob`ektivka)
- pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Mehnatga haq to`lash – davlat organi darajasida. Jamg`arma xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya muhofaza choralari qo`llaniladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 10.08.2018-yildan 20.08.2018-yilga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko`chasi 11-uy.
Murojaat uchun telefon: +998 99 858-22-39






