AsosiyDunyo

4000 yoshli Maya qabilasi vakilining qabri topildi

'4000 yoshli Maya qabilasi vakilining qabri topildi'ning rasmi

Meksikada arxeologlar qadimiy Maya sivilizasiyasiga tegishli bo`lgan qabrni topishga muvaffaq bo`lishdi, deb xabar berdi TASS nashri.

Meksikaning janubida joylashgan Tabasko shaharchasidagi tarixiy Puyil g`oridan topilgan qabrda 3 kishining bosh suyaklari borligi aniqlandi.Ular qadimiy Mayalarning klassik davriga tegishli bo`lib, suyaklarning yoshi taxminan 4000 da. Qazib olingan topilmalar Maya sivilizasiyasi to`g`risida yangi ma`lumotlarni o`rganish imkonini beradi.

Ularni keng omma e`tiboriga taqdim etish ham rejalashtirilmoqda. Tadqiqotlar nihoyasiga etgach, ustixonlar antropologiya muzeyida “Puyil: ajdodlar g`ori” ko`rgazmasida namoyish etiladi. Arxeologlarning fikriga ko`ra, odamlar tarixda mintaqada hukmronlik qilgan ajdodlarini o`z ko`zlari bilan ko`rishlari lozim.

    Boshqa yangiliklar