AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni va Kanada munosabatlariga ikki huquqshunos tufayli chek qo`yildi

'Saudiya Arabistoni va Kanada munosabatlariga ikki huquqshunos tufayli chek qo`yildi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni va Kanada o`rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib bormoqda, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.

Olingan eng so`nggi xabarlarga ko`ra, Saudiya Arabistoni mamlakatdan Kanada elchisini chiqazib yuborgan.

Kanadaning Ar-Riyoddagi elchisiga mamlakatni tark etish uchun 24 soat vaqt berildi. Saudiya Arabistoni Kanadadagi elchisini ham chaqirtirib olgan. Shuningdek, Ottava bilan barcha yangi savdo va sarmoyaviy aloqalar muzlatilishi haqida e`lon qildi. Bundan tashqari, ikki davlat o`rtasidagi ta`lim almashinuvi dasturi ham to`xtatilishi mumkin. Shu bilan birga, Saudiya Kanada universitetlarida tahsil olayotgan saudiyaliklarni boshqa mamlakatlarga ko`chirishi haqida ma`lum qilgan.

Barcha mojarolarga Kanadaning Saudiyada qo`lga olingan 2 nafar huquqshunoslarni darhol ozod qilishga doir talabi sabab bo`ldi. Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri mamlakatdagi ishlarga boshqalarning aralashuvi noo`rin ekanini hamda bunga yo`l qo`ymasligini qayd etgan. Fors ko`rfazining ba`zi mamlakatlari, jumladan, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Ar-Riyodning hatti-harakatlarini qo`llab-quvvatlamoqda.

    Boshqa yangiliklar