O`zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan 2018 yilda xalq 5 kalendar kuni davomida dam oladi. Bu O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 28 dekabr kungi «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida»gi farmonida ko`zda tutilgan.
Mustaqillik bayrami arafasida 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanadi.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):
- 31 avgust – qo`shimcha dam olish kuni;
- 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;
- 2 sentyabr – yakshanba;
- 3 sentyabr – ko`chirilgan dam olish kuni;
- 4 sentyabr – ko`chirilgan dam olish kuni.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):
- 31 avgust – qo`shimcha dam olish kuni;
- 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;
- 2 sentyabr – yakshanba.






