AsosiyJamiyat

Toshkent avtomobil halqa yo`lida 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112 ta transport vositasi aniqlandi

'Toshkent avtomobil halqa yo`lida 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112 ta transport vositasi aniqlandi'ning rasmi

Kecha Yunusobod tumanidagi Toshkent avtomobil halqa yo`lida o`rnatilgan radar qurilmasi juda ko`plab qoidabuzarliklarni ro`yxatga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko`ra, mazkur yo`lda ruxsat etilgan tezlik soatiga 70 km.ni tashkil etgan.

IIBB tomonidan tezlikni belgilangan me`yordan oshirish qonunan taqiqlanishi haqidagi ogohlantirishlarga qaramay, ko`pchilik haydovchilar hamon yo`llarda o`zboshimchalik bilan tezlikni oshirib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzib kelishmoqda, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ruxsat etilgan tezlik soatiga 50 km.ni tashkil etuvchi belgi o`rnatilgan Bog`ishamol ko`chasida 6 soat ichida 134ta transport vositasi tezlikni me`yordan oshirib harakatlangan. Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar haqidagi ma`lumotlar o`rnatilgan tartibga binoan haydovchilarga pochta orqali yuboriladi.

    Boshqa yangiliklar