O`zbekistonning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali «Tadbirkorlik sub`ektlari ehtiyoji uchun mahalliy avtotransport vositalarini sotib olishga elektron ariza berish» nomli yangi xizmatni yo`lga qo`ydi, deb xabar bermoqda Pressnews nashri.
Endilikda o`zining tadbirkorlik faoliyati uchun engil yoki savdo avtotransportini xarid qilishni istaganlar ofisdan chiqmagan holda avtomobil modeli va mintaqaviy dilerni tanlashi mumkin. Shundan so`ng, iste`molchi tanlangan modelni dilerdan olish uchun yozdirib qo`yadi.
Hozirda Yagona portal orqali General Motors Uzbekistan O`zbekiston-Amerika qo`shma korxonasi, Samarqand avtomobil zavodi MChJ va JV Man Auto-Uzbekistan O`zbekiston-Germaniya qo`shma korxonasining avtomobillarini xarid qilish uchun yozilish mumkin.
Mazkur xizmat O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko`rsatish bilan bog`liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qaroriga asosan yo`lga qo`yildi.





